O‘zbekiston Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti GMP talablari bo‘yicha o‘simlik ildizidan dori vositalari substansiyalarini ishlab chiqarish ilmiy-texnologik markazida 27-noyabr kuni tashkil qilingan press-turda jurnalistlarga markaz faoliyati tanishtirildi. 

Unda o‘simlik ildizini ekstrakt qilishdan boshlab to qadoqlashga tayyor kukun holatiga keltirilguncha bo‘lgan jarayon ko‘rsatildi. U yerda o‘zbekistonlik olimlarning izlanishlari natijasida yaratilgan innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish va farmatsevtik korxonalarga import o‘rnini bosuvchi va eksportbop 40 ga yaqin dori vositalari va generik substansiyalarni ishlab chiqarish texnologiyalari yo‘lga qo‘yilgan.

Markaz vakilining ta’kidlashicha, kukun holida qadoqlangan generik substansiyalarning eng katta mijozi Rossiya hisoblanadi. Substansiya tayyorlash uchun ishlatiladigan o‘simlik ildizi esa Xitoydan keltiriladi.