Toshkent farmatsevtika instituti bilan Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot  akademiyasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida  mazkur akademiyaning 2019 yil 30 oktyabrdan  8 noyabrgacha ilmiy tadqiqot amaliyotini o‘tash uchun qabul qilingan 2 kurs 6M110400-Farmatsiya mutaxassisligining 10 nafar  magistrantlari ”Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi faoliyati hamda O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti tajriba-texnologiya laboratoriya va GMP rusumidagi ilmiy –texnologik markazining  faoliyati bilan tanishishdi.

Tajriba-texnologiya laboratoriyaning mudiri, t.f.d Sotimov G.B. va katta ilmiy xodim,t.f.n. M.A. Mamatxanovalar batafsil markaz va laboratoriya haqida ma’lumotlar berishdi. Suhbat davomida Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining magistrantlari o‘zlarining olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ma’lumotlar berishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

.3.jpg  1.jpg  2.jpg  4.jpg 

07.11.2019 Tajriba-tehnologiya laboratoriyasi