Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan Bahorgi tijoratlashtirish Forumida 2022-yilda Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag'lar hisobidan moliyalashtiriladigan tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari  rahbarlariga sertifikatlar topshirildi. Olimlarga sertifikatlarni Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shaxlo Turdiqulova taqdim etdi.

Tadbirda jami qariyb 22 mlrd. so'm qiymatidagi 25 ta loyiha moliyalashtirildi. Mazkur loyihalar bahorgi tijoratlashtirish forumi doirasida olimlarning ko'plab ishlanmalari orasidan saralab olingan bo'lib, yaqin kelajakda tegishli tarmoqlarga tatbiq etilishi bilan ahamiyatlidir.

 

  1. «GMP sharoitida Flateron substantsiyasini sanoat ishlab chiqarish» loyihasi. Bunda Organizmda xolesterinni me'yorlashtiruvchi (gipoxolesterinimik) original dori vositasi farmatsevtika bozoriga kirib keladi.

  2. «GMP sharoitida Tsinarozid substantsiyasini seriyali ishlab chiqarishni tashkillashtirish» loyihasi.  O'simlik moddalari kimyosi instituti olimlar jamoasi qondagi azot miqdorini  me'yorlashtiruvchi (gipoazotemik) original dori vositasini farmatsevtika bozoriga tadbiq etilishini ta'minlaydilar.

  3. Ichak yallig'lanish kasalliklarini oldini olish va davolash uchun “ProbioKolit” BFQ ni tajriba sinov namunalarini (kapsula, sashe shaklida) ishlab chiqarish.

  4. Yumshoq to'qimalar va terining turli genezli jarohatlanishini davolash uchun yarim o'tkazuvchi va biodegradatsiyalanuvchi kollagenli gel` shaklini yaratish.

  5. “Fitopassit” dori vositasini ishlab chiqarish Aholini tinchlantiruvchi ta'sirga ega bo'lgan dori vositalariga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. “Fitopassit” preparati xozirda chetdan keltirilayotgan sedativ preparatlar o'rnini bosadi va tannarxining arzonligi tufayli 20-30 % iqtisodiy samara keltiradi. 6 turdagi dorivor o'simliklar asosida sedativ “Fitopassit” substantsiyasi hamda uning kapsula dori shakli yaratiladi.

  6. Markaziy Osiyoda analogi bo'lmagan innovatsion  “Gastrofag” imunnopreparatni keng qamrovli ishlab chiqarilishini tashkillashtirish.. Preparat keng qamrovda ishlab chiqariladi va xorijdan kirib kelayotgan immunobiologik preparatlarning umumiy hajmining 50 % ni qoplaydi.

  7. Hayvonlarning brutsellyoz kasalligini ekspress tashxislash uchun “AR, KBR va KUMBR uchun yagona brutsellyoz antigeni” va “Sutda xalqa reaktsiyasi (XR) uchun rangli brutsellyoz antigen” larni ishlab chiqarish.

  8. Respublikada ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida quyonlarning pasterellyoz  kasalligiga qarshi GOA formol vaktsinani ishlab chiqarish.

  9. Toshkent viloyati Ohangaron tumani sharoitida ona asalarini sun'iy usulda etishtirish va urug'lantirish texnologiyasini joriy qilish. Toshkent viloyatining Ohangaron tumani iqlimi sharoitida ona asalarini sun'iy usulda etishtirish va urug'lantirish, ularni tabiiy xolda begona zot erkak asalarilar bilan chatishiga yo'l qo'ymaslik natijasida ona asalari zotining sofligi va uning genofondini saqlab qolishga erishish.

  10. Markaziy Osiyoda ilk bor bioaktiv qoplamali bioaktiv dental implant "Implant.Uz" ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish. Importni  40-70 % ga qisqartiriladi.

  11. Jag'lar sinishida standart transport va davolovchi bog'lamni yaratish va ishlab chiqarishga yo'lga qo'yish. Bemorlarning  yotoq muddatini 2-3 kunga qisqartiradi, ishga layoqatsizlik muddatini 5-10 kunga qisqartiradi.

  12. Artrit bilan kasallangan bemorlarni ul`ratovush orqali davolash uchun neylon matoli qo'lqop ishlab chiqarish.

  13. Modellashtirilgan g'ovaksimon titanli implant yordamida ko'z kosasi pastki devori nuqsonini bartaraf etish.

  14. Qishloq xo'jalik maxsulotlarini ixtisoslashtirilgan izotermik TKT konteynerlarida tashish texnologiyasini joriy etish. Ixtisoslashtirilgan izotermik TKT konteynerlari istalgan transport turiga ortish mumkinligi, maxsus transport turlarini talab etilmasligi, ortish-tushirish vaqtlarining kamligi yuklarni etkazib berish muddatini oshiradi.

  15. “O'simlik yog'larning pereeterifikatsiya qilish usuli bilan sut yog'i o'rnini bosuvchi yog'larni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va amalga oshirish. Import qilinayotgan sut yog'i o'rnini bosuvchi yog'larni mahalliy xom-ashyolar asosida olish innovatsion texnologiyasi ishlab chiqiladi va sanoat miqyosida joriy qilinadi.

  16. Zamburug'lar yangi shtammlarini laboratoriya sharoitida olish va mitseliy etishtirish. O'zbekistonda qo'ziqorinchilik faoliyatini rivojlantirish.

  17. Poliakrilamid asosida flokulyantlar olish usuli va texnologiyasini ishlab chiqish. Shakllantirilgan pilot qurilmada olingan tajriba partiyalari iste'molchi tashkilot “Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJda sinovdan o'tkazilib, xulosa olinadi. Flokulyant ishlab chiqarish texnologiyasi “Navoiyazot” AJda o'zlashtiriladi.

  18. Akril kislotasi nitrilidan akrilamid olishning mikrob biotexnologiyasini tijoratlashtirishga tayyorlash. Akrilonitrildan bioakrilamidning suvli eritmasini ishlab chiqib, u asosida biogel olinadi.  10 ta yangi ish o'rni yaratiladi, yillik 3 tonna biogel` (15%-akrilamid kontsentratsiyali) ishlab chiqariladi.

  19. Fotoelektrik tizim asosida avtonom ravishda har xil ob'ektlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlovchi mobil` gibrid tizimni yaratish va kichik seriyada ishlab chiqarish.

  20. Faol mineral va kimyoviy qo'shimchalar bilan klinkerni mexanoaktivatsiyalash asosida yuqori mustahkamlikka ega portlandtsement ishlab chiqarish. Natijada superplastifikatorlar importini qisqartirish va respublika ehtiyojini kamida 10-15 foizini ta'minlashga erishiladi.

  21. Nanotsellyuloza (CNC, CNF) yordamida yog'och materiallarni yopishtirish uchun ekologik toza elimlarni ishlab chiqarish yordamida ekologik toza bog'lovchi qo'shimchalar ishlab chiqarish.

  22. elektr payvandlash elektrodlari uchun texnogen chiqindilaridan yonuvchi shixta ishlab chiqarish texnologiyasi. O'zbekiston Respublikasi ruda-mineral xom ashyosidan yangi arzon import o'rnini bosuvchi turlicha elektrod qoplamalari ishlab chiqiladi va qoplamalarning tannarxi 30-50% pasayadi. 70-80% gacha mahalliy mineral xom ashyo va texnogen chiqindiklardan yangi elektrodlar qoplamalari ishlab chiqiladi.

  23. O'rmon xo'jaligi uchun azot asosli mikrobiologik biopreparat ishlab chiqarish. O'rmon fondi erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga ilg'or ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, o'rmon xo'jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish.

  24. Sho'rlangan va degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini va qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish uchun yangi ekologik toza “TERIA” seriyali bakterial o'g'itlarni ishlab chiqarish.

  25. Siydik yo'llari yallig'lanishi, saraton va qandli diabet kasalliklarini profilaktika qilish va davolashda ishlatiladigan preparatlarni D-Mannoza asosida ishlab chiqarishni tashkillashtirish. D–Mannoza, Onkoxelp–D va Tsistitxelp kapsula va tabletka shaklidagi preparatlar mahalliy xom ashyo asosida olinadigan bo'lib, ushbu preparatlar aholining siydik yo'llari yallig'lanishi, saraton va qandli diabet kasalliklarini profilaktika qilish va davolashdagi mavjud ehtiyojlarini qondiradi.

Manba: https://mininnovation.uz/news/post-164