2024-YIL I CHORAK UCHUN OLIY TA'LIMDAN KEYINGI TA'LIMNING BARCHA SHAKLLARIGA ONLAYN HUJJATLAR TOPSHIRISH MUDDATI UZAYTIRILDI.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 1-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllariga hujjatlarni onlayn qabul qilish (phd.mininnovation.uz) joriy yilning 10-noyabrga qadar uzaytirildi.

❗️stajor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

❗️tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

❗️doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

❗️Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

Hujjat topshirish vaqtida tugʻiladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.

Link https://phd.mininnovation.uz/post/4