Fanlar akademiyasining yubiley tadbirlari 2023 yil 12–14 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. 

“O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlarini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Fanlar akademiyasining yubiley tadbirlari 2023 yil 12–14 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. 

Shunga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
  • “Ilm-fan – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida xalqaro konferensiya;
  • Innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi;
  • Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga (akademiklikka) tanlov;
  • “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarixi” ekspozitsiyasi.