Institutimiz yosh olimlari va tadqiqotchilari uchun 2022 yil 10-fevral kuni “ORGАNIK KIMYODА RENTGEN STRUKTURАVIY АNАLIZ USULI” mavzusida seminar boʼlib oʼtdi. Seminarda intitutimiznig yetakchi olimlaridan k.f.d., prof. B. Tashxodjaev kristall tuzilishli moddalarni rentgen strukturaviy analiz usulida aniqlash boʼyicha maʼruza qildi. Maʼruzada rentgen struturaviy analiz usulining ilm fandagi ahamiyati, nurning modda bilan taʼsirlanishi–sochilishi, optik mikroskop va rentgen nurining difraktsiyasi orasidagi oʼxshashliklari, difraktsiya hodisasi, kristallar, elementar yacheykani tanlash, kristall singoniyalari, kristallda simmetriya, sochuvchi tekisliklar (h, k, l), eksperimental oʼlchashlar, reflekslar intensivligi (Ihkl) dan struktura faktori Fhkl ga oʼtish, hisoblashlar, struktura aniqlash (usullari) dasturlari, struktura aniqligini tekshirish, molekula geometriyasini hisoblash, struktura toʼgʼriligini tekshirish programmalari haqida maʼlumotlar berildi.

Seminar soʼnngida savol javoblar boʼldi.

Ushbu soha ilmiy nuqtai nazardan muhimligi va keng ahamiyatga ega ekanligi seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uygʼotdi.