O’zR FA O’simlik moddalari kimyosi institutida In vitro diagnostik tibbiy buyumlar ishlab chiqarish bo'limi tashkil etilmoqda. Ushbu ishlab chiqarish maydonida ELISA, PCR va ICA diagnostik test tizimlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ishlab chiqarish loyihasi ishlab chiqarish binolariga, zamonaviy texnologik uskunalarga, havo va suv tozalash tizimlariga qo'yiladigan zamonaviy talablarni o'z ichiga oladi. Sinov tizimlari gepatit B va C, SARS-Cov2 koronavirusi, OIV, sifiliz, TORCH infektsiyalari va boshqalarni aniqlay oladi.