10-mart kuni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda vazirlik masʼul xodimlari OʻzR FA Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti olimlari, tadqiqotchilari, mutasaddi xodimlari bilan uchrashdi.

Institut ilmiy xodimlari innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovga laboratoriya uskunalarni xarid qilish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish, ilmiy loyihalarni moliyalashtirish, tanlovlarda ishtirok etish, yetakchi xorijiy muassasalarda stajirovkadan oʻtishi masalalarida murojaat qildilar. Vazir barcha murojaatlarga batafsil javob berib, mavjud muammolari hal qilish boʻyicha vazirlik masʼul xodimlariga tegishli topshiriqlar berdi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S. Yu. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti (OʻzR FA OʻMKI) – Markaziy Osiyo florasining dorivor oʻsimliklarini tadqiq qiluvchi, oʻsimliklardan olinadigan yuqori samarali dori vositalari, biologik faol qoʻshimchalar (BFQ) va oʻsimliklarni himoya qiluvchi vositalarni yaratuvchi va amaliyotga tatbiq qiluvchi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlib, mazkur ilmiy-tadqiqot muassasasida oʻsimliklarning botanik, kimyoviy, biologik, farmakologik, toksikologik, texnologik tadqiqot ishlari olib boriladi.

OʻzR FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiga tashrif doirasida I. Abdurahmonov, shuningdek, koronavirusga qarshi vaksina yaratayotgan olimlar jamoalari rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida olimlar vaksinalarning klinik oldi va klinik sinvlarini oʻtkazish boorasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha hisobot berdilar. Vazir bu ishlarni xalqaro andozalarga mos holda, tezkorlik bilan amalga oshirish lozimligi boʻyicha tegishli topshiriqlar berdi.

Hozirgi kunda yurtimizda “COVID-19» infeksiyasiga qarshi 6 turdagi yangi mahalliy vaksinalar yaratildi va klinik oldi sinovlariga yetkazildi, ikkita mahalliy vaksina JSS tashkiloti tomonidan nomzod vaksina sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi. Oʻzbekistonda tarqalgan koronavirusning 250 dan ortiq namunalari genomlari toʻliq DNK ketma-ketligi aniqlanib, birinchi 112 ta namunasi maʼlumotlarini dunyo GISAID (https://www.gisaid.org/submission-tracker-global/) maʼlumotlar bazasiga joylash natijasida Oʻzbekiston oʻz hududida tarqalgan koronavirus variantlari genomini toʻliq oʻqigan 50 ta davlatlar qatoriga kiritildi.

 

   

   

https://mininnovation.uz/news/post-428