O’zRFA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida prof. Yunusov M.S. ma’ruza qildi.

Olim 25-aprel av 27-aprel kunlari Institut olimlariga tabiiy birkmalarning biologic faolligi hamda nozik organik sintez bo’yicha tajribalarini o’rtoqlashdi.

O‘zbek olimi haqida ma'lumot.

Marat Sobirovich Yunusov (1940-yil 18-martda tugʻilgan) — oʻzbek va rus kimyogari, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi. Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, Buyuk o’zbek kimyogari Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti asoschisi akademik SobirYunusovich Yunusovning oʻgʻli.
Yunusov Marat Sobirovich  Ufaga koʻchib ketgunga qadar Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida ishlagan.
Biografiyasi
1962 yilda Moskva davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan.
1962-1990 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida ishlagan.
1966 yilda nomzodlik, 1973 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1990 yildan Rossiya Fanlar akademiyasi Ufa ilmiy markazining Organik kimyo institutida ishlab kelmoqda.
Yunusov Marat Sobirovich 1991 yilda Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi, 2003 yilda esa Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi etib saylangan.
1994 yildan Rossiya Fanlar akademiyasining Ufa Federal Tadqiqot Markazi (RFA UFTM) Organik kimyo instituti direktori, 2006 yildan 2010 yilgacha bir vaqtning o'zida RFA UFTM Prezidiumi raisi.